Zahiriddin Muhammad Bobur

Shoir, adib, tarixchi, sarkarda, davlat arbobi, Bobur va Boburiylar imperiyasi asoschisi
Telegram Facebook WhatsApp X

Boburning otasi – Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi – Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni, Toshkent hokimi Yunusxonning vorisi Mahmudxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzo naslidan boʻlsa, ona tomonidan Tugʻluq Temurxonning oʻgʻli Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi, va nasabi ona tomomidan Chingizxonga qaytadi.Boburning onasi oʻqimishli boʻlgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur soʻfiy – Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).

Biografik ma’lumotlar

Faoliyat va meros

Asarlar va yutuqlar

Asarlari: Boburnoma, Mubayyin, Aruz risolasi, Harb ishi, Devon (g‘azal va ruboiylar to‘plami)

Yutuqlari: -

Mukofotlari: -

Lavozimlari: -

Meta sarlavha: Zahiriddin Muhammad Bobur

Manbalar

-